Satya Nadella
Ijrochi Direktor
Microsoft kompaniyasi maqsadi yer kurrasidagi har bir inson va har bir tashkilotning yanada ko‘proq yutuqlarga erishishiga yordam berishdir. Aqlli bulut xotira yaratish, unumdorlik va biznes jarayonlarni qayta kashf qilish va kompyuterdan foydalanishni yanada shaxsiylashtirish orqali buni amalga oshirmoqdamiz. Bularning hammasida maxfiylik cheklanmagan vaqtga taqdim etiladi va ma’lumotlaringizni boshqarish imkoniyati saqlab qolinadi.
Bu ma’lumotlar qanday va nima uchun to‘planishi va ishlatilishi haqida to‘g‘ri tushunchaga va mahsulot hamda xizmatlarimizda to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish uchun yetarli ma’lumotga ega ekanligingizga ishonch hosil qilish bilan boshlanadi.
Biz quyidagi oltita asosiy maxfiylik tamoyiliga e’tibor qaratish orqali har kuni ishonchingizni qozonish ustida ishlamoqdamiz:
Bu tamoyillar Microsoft’ning maxfiy ma’lumotlarga kirish asoslaridan hisoblanib, ular mahsulot va xizmatlarimizni yaratish usullarimizni shakllantirishda davom etadi. Tashkilot va biznes mijozlari uchun Microsoft ishonch markazida Microsoft Bulutdagi ma’lumotlarni qanday himoya qilishimiz haqidagi ma’lumotlarni oling.
Bu veb-saytning boshqa qismida qo‘shimcha ma’lumot va nazorat elementlariga havolalarni topishingiz va o‘zingiz uchun to‘g‘ri tanlovni amalga oshirishingiz mumkin. Biz doimiy ravishda takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz, shuning uchun mahsulot va xizmatlarimizda maxfiylikka tegishli to‘g‘ri ishlamayotgan biror narsani ko‘rsangiz, bu haqida bizga darhol xabar bering.
Microsoft Sizga ko‘proq narsalarni amalga oshirishga yordam berish uchun ma’lumotlarni to‘playdi. Buni amalga oshirish uchun dastur, xizmat va qurilmalarimizni ishlatish va takomillashtirish, faqat Siz uchun mo‘ljallangan tajribani taqdim etish va Sizni xavfsiz saqlashga yordam berish maqsadida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanamiz. Quyida biz to‘playdigan ma’lumotlarning asosiy toifalari berilgan.

Aniqroq qidiruv natijalarini taqdim etish uchun ko‘pgina qidirish mexanizmlari kabi qidirishlaringiz tarixidan va boshqa odamlardan jamlangan tarixdan foydalanamiz. Veb ko‘rib chiqishni tezlashtirish uchun qayerga borishingizni taxmin qilish uchun Microsoft veb-brauzerlari ko‘rib chiqish tarixi ma’lumotlarini to‘plashi va ishlatishi mumkin. Cortana ko‘rib chiqish va qidirish tarixi asosida moslashtirilgan tavsiyalarni taqdim etishi mumkin.
Ko‘rib chiqish tarixi Windows maxfiylik sozlamalaridagi Fikr-mulohaza va tashhis sozlamasi orqali to‘planishini tanlashingiz mumkin. Cortana va Microsoft Edge sozlamalarida Cortana’ning qidirish va ko‘rib chiqish tarixiga kirish imkoniyatini boshqarishingiz mumkin.

Joylashuv ma’lumoti Siz bormoqchi bo‘lgan joylarga borish yo‘nalishlarini berish va turgan joyingiz haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishga yordam beradi. Buning uchun Siz taqdim etgan yoki GPS va IP-manzil kabi texnologiyalar yordamida o‘zimiz aniqlagan joylashuvlardan foydalanamiz.
Joylashuvni aniqlash ham Sizni himoya qilishga yordam beradi. Misol uchun, Siz tizimga doim Tokiyodan kirar edingiz va to‘satdan Londondan tizimga kirdingiz, bu haqiqatan ham Siz ekanligingizni tekshirishimiz mumkin.
Sozlamalar > Maxfiylik > Joylashuvda qurilma uchun joylashuv xizmatlarini yoqish yoki o‘chirishingiz mumkin. Bu yerdan joylashuv ma’lumotlaringizga kirish ruxsat berilgan Microsoft Store ilovalarini tanlashingiz va qurilmada saqlangan joylashuv tarixini boshqarishingiz mumkin.
Microsoft hisob qaydnomangiz bilan bog‘langan ma’lumotlarni ko‘rish va o‘chirish uchun quyidagi manzilga o‘ting: account.microsoft.com.

Tirbandlikka tushib qolmaslik, yubileylarni yodda tutish, kontaktlaringiz ro‘yxatidagi “Malika”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar yuborish va boshqa shunga o‘xshash amallarni bajarish uchun Cortana Siz qiziqadigan, kalendaringizdagi narsalarni va bu narsalarni kim bilan biirgalikda qilmoqchiligingizni bilishi lozim. Klaviatutadan foydalanishni xohlamaganingizda, gaplaringizni tarjima qilish yoki hujjat va xabarlarga yozishga yordam berishda nutq va qo‘l yozuvi namunalaridan foydalanishimiz mumkin.
Cortana qiziqishlari va boshqa ma’lumotlaringizni boshqarish

Microsoft Health, HealthVault va Microsoft Band kabi qurilmalar salomatlik ma’lumotlaringizni tushunish va boshqarishingizga yordam beradi.
Ma’lumotlar yurak urish tezligi va kundalik bosib o‘tilgan qadamlar soni kabi jonli vaqtdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ma’lumotni saqlash uchun HealthVault’dan foydalanishni tanlasangiz, u salomatlik qaydlarini o‘z ichiga olishi mumkin. HealthVault salomatlik qaydlaringizni Siz haqingizda qayg‘uradigan insonlar bilan baham ko‘rish imkonini beradi.

Ba’zi Microsoft xizmatlari reklama orqali qo‘llab-quvvatlanadi. Sizga ko‘proq qiziqarli bo‘ladigan reklamalarni ko‘rsatish uchun joylashuv, Bing veb-qidirishlar, Siz ko‘radigan Microsoft yoki reklamachilar veb-sahifalari, demografikalar va Siz sevimli deb belgilagan narsalar kabi ma’lumotlardan foydalanamiz. Reklamalarni Sizga yo‘naltirish uchun e-pochta, chat, video qo‘ng‘iroq yoki ovozli pochtada aytgan ma’lumotlaringizdan, hujjat, fotosurat yoki shaxsiy fayllaringizdan foydalanmaymiz.
Microsoft’ning qiziqishlaringizga asoslangan rekalamalarni ko‘rsatishini to‘xtatishi uchun onlayn reklamani boshqarish elementlaridan foydalaning. Reklamalarni ko‘rishda davom etasiz, lekin ular Sizni qiziqtirmasligi mumkin.

Microsoft hisob qaydnomasi uchun ro‘yxatdan o‘tish xotira va oila sozlamalari kabi onlayn xizmatlardan foydalanish imkonini beradi va sozlamalarni barcha qurilmalarda sinxron saqlashga yordam beradi. Hisob qaydnomangizga to‘lov ma’lumotlarini qo‘shsangiz, Windows 10 tizimidagi qurilmalarda ilova, obuna, film, TV va o‘yinlarni olish osonlashadi.
Parolni maxfiy saqlash va telefon raqami yoki e-pochta manzili kabi qo‘shimcha himoya ma’lumotlarini qo‘shish orqali fayl, kredit karta, ko‘rib chiqish tarixi va joylahsuv ma’lumotlarini yanada xavfsiz va aniq saqlashga yordam berasiz.
Parol, xavfsizlik ma’lumoti va to‘lov opsiyalarini yangilash uchun Microsoft hisob qaydnomasi veb-saytiga kiring.

Har qanday zamonaviy qurilmadan kutganingiz kabi, Windows 10 tizimidagi ko‘pgina telefon, planshet va ShKlarda turli sensorlar mavjud — bu esa dunyoni tadqiq qilishga yordam beradi. Bularga telefoningiz mikrofoni yoki akselerometri, noutbukingiz barmoq izi skaneri, ichki GPS sensori va boshqalarni kiritish mumkin.
Windows 10 tizimidagi qurilmalardagi Sozlamalar > Maxfiylik menyusida qurilma va ilovalar foydalanishi mumkin bo‘lgan sensor ma’lumotlarini nazorat qilishingiz mumkin.

Bulut qo‘llab-quvvatlanadigan xizmat sifatida Windows 10 ma’lumotlari tajribangizni doimiy ravishda himoya qilish va takomillashtirishga yordam beradi. Misol uchun, Internetda xavfsizligingizni himoya qilish uchun Windows 10 qurilmalarida ma’lum bo‘lgan zararli dasturlarni avtomatik tarzda qidiramiz. Shuningdek, qurilma yaxshi ishlashini saqlashimiz uchun Windows 10 tizimi qanday ishlayotgani haqida olingan jarayon ma’lumotlari - telemetriyadan ham foydalanamiz. Ma’lum bir turdagi printer drayveri bilan bog‘liq muammo mavjudligini bilsak, yangi drayverlanri faqat o‘sha turdagi printerdan foydalanadigan foydalanuvchilarga yuborishimiz mumkin.
Shuningdek, ma’lumotlarni Windows 10 tizimida shaxsiylashtirilgan xizmat va tajribalarni taqdim etishda foydalanishini boshqarishning bir nechta yo‘llarini ham taqdim etamiz. Sozlamalar > Maxfiylik > Fikr-mulohaza va tashhis menyusiga o‘tish orqali oddiy telemetriyadan tortib moslashtirilgan xizmatlargacha bo‘lgan Windows 10 parametrlarini sozlashingiz mumkin.